01 apr 11:23
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Aka-uka Brayanlar juftlikda tengsiz bo'lishdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirda birgina erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida final uchrashuvi qolgan. Kecha oqshom juftliklar musobaqasida g'oliblar aniqlandi. Unda amerikalik aka-uka Brayanlar bosh mukofot sohibiga aylanishdi.
Bob va Mayk murakkab kechgan final uchrashuvida rossiyalik tennischilar Karen Xachanov hamda Andrey Rublyov juftligini taslim etishdi. Bir soatu 32 daqiqa davom etgan bahsda 4:6, 7:6(5), tay-brekda 10:5 hisobi qayd etildi.
Bu muvaffaqiyatli ishtirok Bob va Mayk Brayanlarga 439, 350 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar