29 mar 10:19
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Del Potro murakkab bahsda Raonichni engdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'zining qizg'in palasiga kirib boryapti.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lgan Xuan Martin Del Potro chorak final uchrashuvida qiyinchilikka duch keldi. Argentinalik 29 yoshli tennischi bu safar kanadalik Milosh Raonichni musobaqadan chiqarib yubordi.
Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Potro 5:7, 7:6(1), 7:6(3) hisobida zafar quchdi. Endi u chorak finalda amerikalik Jon Iznerga qarshi kortga chiqadi. Izner chorak finalda koreyalik Xyon CHxonni mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar