02 apr 08:57
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Jon Izner musobaqa g'olibi bo'ldi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilgan “Masters” turkumiga kiruvchi nufuzli tennis turniri o'z yakuniga etdi.
Kecha oqshom sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qilgan musobaqaning erkak tennischilar o'rtasidagi yakkalik bahslarida hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkazildi. Unda dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverev amerikalik Jon Iznerga qarshi kortga chiqdi.
Tennischilar shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan va bu uchrashuvlarning barchasida Zverevning qo'li baland kelgan edi. Bu safargi to'qnashuvda Izner mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'ydi. Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda u raqibini 6:7(4), 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar