29 mar 08:16
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Koreyalik tennischi to'xtatildi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'zining qizg'in palasiga kirib boryapti.
Dunyoning o'n ettinchi raketkasi bo'lgan amerikalik Jon Izner koreyalik Xyon CHxonni to'xtatdi. ATP reytingida 23-o'rinni egallab turgan Osiyo vakili nomdor raketka ustalarini mag'lubiyatga uchratib kelayotgandi.
Bir soatu 8 daqiqa davom etgan uchrashuvda Izner raqibini 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Jon 13ta eys zarbani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Uning yarim finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Fikrlar