30 mar 09:11
Yangiliklar
Tennis

Mayami (ATP): Zverev yarim final chiptasini qo'lga kiritdi
AQSHning Mayami shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverev chorak final uchrashuvida ATP reytingida 36-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Borna CHorichga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 24 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi germaniyalik tennischi final chiptasi uchun ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar