31 mar 14:07
Yangiliklar
Mayami. Iga Svyontek "Masters" turnirining yarim finaliga chiqdi
Unda chexiyalik 32 yoshli Petra Kvitova va polshalik 20 yoshli sportchi Iga Svyontek yarim final chiptasi uchun bahs olib borishdi.
Jahonning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek WTA reytingida 32-o'rinni egallab turgan Petra Kvitovani 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Tennischilar kortda 1 soatu 17 daqiqa harakat qilishdi. Ushbu vaqt davomida polshalik tennischi ikkita qo'sh xatoga yo'l qo'ydi, ikkita eys va uchta breyk qayd etdi. CHexiya vakilasi esa to'pni o'yinga kiritishda bir marotaba xatoga yo'l qo'ydi, to'rt marta eys zarbasini amalga oshirdi. Sportchilar bungacha o'zaro to'qnash kelishmagan.
Final yo'llanmasi uchun Svyontek amerikalik Jessika Pegula bilan bahs olib boradi.
Fikrlar