31 mar 16:05
Yangiliklar
Mayami "Masters". 44 yoshli Roxan Bopanna va 36 yashar Mettyu Ebdenda bosh sovrin!
Hal qiluvchi final uchrashuvida hindistonlik Roxan Bopanna avstraliyalik Mettyu Ebden juftligi xorvatiyalik Ivan Dodig hamda amerikalik Ostin Kraychek hamkorligini 6/7(3), 6/3, tay-brekda 10:6 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Mayami "Masters" chempioniga aylanishdi.
104 daqiqalik uchrashuv statistikasi:
Bopanna/Ebden - 6 ta eys, 6 ta qo'shxato, 2 ta breyk
Dodig/Kraychek -3 ta eys, 3 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Yaqinda 44 yoshga to'lgan Bopanna juftlik turnirlaridagi o'zining 26-sovrinini qo'lga kiritdi. Bu uning "Masters" turnirlaridagi 6-tituli bo'ldi. Ebden esa faoliyatidagi 11-sovriniga ega chiqdi. "Masters"dagi chempionlik sovrinlari 2 taga etdi. CHempionlar 1000 reyting ochkosi hamda 447,300 dollar mukofot puliga ega bo'lishdi. Dodig va Kraychek - 600 ochko va 236,800 dollarga ega chiqdi.
Fikrlar