25 mar 08:52
Yangiliklar
Tennis

Mayami “Masters”. Federerning kutilmagan mag'lubiyati
SHu kunlarda AQSHning Mayami shahrida Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli tennisi turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Rojer Federer o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshladi va kutilmaganda avstraliyalik 21 yoshli Tanasi Kokkinakisga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Yashil qita vakili dunyo reytingida 175-o'rinni egallab turibdi. Ikki soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda Tanasi nomdor raqibini 6:3, 3:6, 6:7(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u uchinchi bosqichda ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar