24 mar 11:41
Yangiliklar
Tennis

Mayami “Masters”. Istomin 19-raketkaga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Mayamida o'tkazilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Hamyurtimiz 1 soatu 38 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida serbiyalik Miomir Kechmanovichni 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Bugun Denis ikkinchi bosqichda ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 85, Kechmanovich esa 179, Busta esa 19-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha uch marotaba to'qnash kelishgan. Bahslarning ikkitasida Busta, yana birida Istomin g'alaba qozongan. Denis o'sha yagona g'alabasini o'tgan yili Avstraliya Ochiq chempionatida qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar