25 mar 08:16
Yangiliklar
Tennis

Mayami “Masters”. Istominning ikkinchi uchrashuvi 47 daqiqa davom etdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Mayamida o'tkazilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Hamyurtimiz 1 soatu 38 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida serbiyalik Miomir Kechmanovichni 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Kecha tunda Denis ikkinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqdi.
Bor yo'g'i 47 daqiqa davom etgan bahsda Busta Istomindan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob esa 1:3 ko'rinishiga keldi, albatta ispaniyalik foydasiga.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 85, Kechmanovich esa 179, Busta esa 19-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar