28 mar 12:03
Yangiliklar

Mayami (WTA): Azarenkoning navbatdagi “qurboni” Plishkova
Miami Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qiladi. Katta tanaffusdan so'ng yana katta tennisga qaytgan dunyoning sobiq birinchi raketkasi Viktoriya Azarenko g'olibona yurishini davom ettiryapti.
Turnirning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Azarenko yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Viktoriya chorak final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi chexiyalik Karolina Plishkovani 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Viktoriya dunyo reytingida 186-o'rinni egallab turibdi. Endi Azarenko final chiptasi uchun amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 13-raketkasi bo'lgan Sloan chorak finalda germaniyalik Anjelik Kerberdan 6:1, 6:2 hisobida ustun kelgandi.
Fikrlar