30 mar 08:37
Yangiliklar
Tennis

Mayami (WTA): Stivens Azarenkoni final ostonasida to'xtatdi
AQSHning Mayami shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir davom etmoqda.
Miami Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qiladi. Katta tanaffusdan so'ng yana katta tennisga qaytgan dunyoning sobiq birinchi raketkasi Viktoriya Azarenkoning g'olibona yurishi final ostonasida to'xtadi.
Reytingda 186-o'rinni egallab turgan Azarenko yarim final uchrashuvida amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 12-raketkasi bo'lgan Stivens 2 soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda 3:6, 6:2, 6:1 hisobida zafar quchib, birinchi finalchiga aylandi.
Havola :
Fikrlar