30 iyu 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler: "Men uni o'rnidan turishga majbur qilaman"
Engil vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar Maykl CHendler Islam Maxachev va CHarlz Oliveyraga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Islam yaxshi jangchi. Lekin uning ustunligi kurashda va men uning kurashini o'ziga qarshi qo'llay olaman deb o'ylayman. Men uni o'rnidan turishga majbur qilaman. U chapaqay bo'lishiga qaramay, raqibini nokaut qila olmaydi. Men bu poziciyada har qanday yigitni, Jastin Getji bilan jangda bo'lgani kabi ojiz qoldirishim mumkin.
To'g'ri, men "stoyka"da CHarlz Oliveyraga yutqazdim. Ammo, uning so'nggi o'nta jangida faqat men uni mag'lub etishim mumkin edi. Agar kerakli o'zgarishlarni amalga oshirsam, Oliveyrani osonlikcha mag'lubiyatga uchrataman. Bunga uch yuz foiz ishonchim komil", - dedi CHendler.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar