13 okt 10:07
Yangiliklar
Maykl Peyj: "Men o'zimdan kishanlarni echib tashladim"
"O'zimni ozod his qilyapman. Buni boshqacha tariflay olmayman. Men o'zimdan kishanlarni echib tashladim va endi birodarim KSI, Mams Teylor hamda butun Misfits jamoasi bilan birgalikda bu erda unutilmas xotiralarni yuzaga keltirib, haqiqatan ham ulkan tadbirlarni uyushtira olamiz. Ha, ulkan tadbirlarni!
Men har qanday chaqiruvni qabul qilishga tayyorman! Mutlaqo har qandayini! Istalgan ismni ayting, men jang qilishga tayyorman! CHunki yagona va takrorlanmas MVP qaytdi!", – dedi britaniyalik jangchi o'tgan dam olish kunlari Londonda bo'lib o'tgan Misfits Boxing tadbiridagi matbuot bilan muloqot chog'ida.
Liganing asoschilaridan biri, bloger KSI "Venom"ning shijoatini to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
"Juda ko'pchilik uni o'z safiga qo'shib olishni xohlagandi. Uning aynan Misfits’ni tanlagani, MF Sport’ni tanlagani, MF Sport’ga, bizning uyimizga kelgani bu biz uchun qanchalik muhim voqea ekanini ko'rsatib turibdi", – dedi KSI.
Sport sharhlovchisi Ariel Xelvanining malumotlariga ko'ra, Peyjning Misfits Boxing bilan tuzgan shartnomasi eksklyuziv hisoblanadi, biroq bu unga boshqa tashkilotlar shafeligi ostida erkin kurash va greppling musobaqalarida qatnashish imkonini beradi.

Fikrlar