So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

11 iyu 19:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!, Parij-2024

Medal kutilayotgan Abdumalik Xalokov. Bokschimizning Parij Olimpiadasidagi imkoniyatlari qanday?

Parij Olimpiadasida qatnashuvchi sportchilarimizning imkoniyatlari haqida yozamiz.

Bir necha kun oldin bokschimiz Hasanboy Do'smatovning Parij Olimpiadasidagi raqiblari va imkoniyatlarini tahlil qilgandik.

Parij Olimpiadasida boksda erkaklar 7 ta, ayollar 6 ta vazn toifasida bahslarda qatnashishadi. 

Bugun musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi bokschimiz Abdumalik Xalokovning vaznidagi imkoniyatlarni ko'rib chiqamiz. Ushbu vazn toifasida 18 nafar sportchi qatnashadi. Hozirga qadar 16 nafar ishtirokchi aniq bo'lib ulgurgan. Mazkur vazn ishtirokchilari orasida kuchli raqobatchilarni ko'rishimiz mumkin. 

Abdumalik Xalokov o'tgan yili Xanchjou mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida chempionlikni qo'lga kiritgan holda, oltin medalga ega chiqqan va Parij Olimpiadasi licenziantiga aylangandi.


Demak, bir chekkadan boshlaymiz - Bolgariya sharafini himoya qiluvchi Xaver Ibanes Diaz. 2018 yilda murabbiyi bilan birga Kubadan Bolgariyaga ko'chib o'tgan Xaver o'z vaqtida WSB turnirida Murodjon Ahmadalievga mag'lub bo'lgan. Nankindagi o'smirlar Olimpiadasi chempioni bo'lgan Ibanes bungacha Buenos-Ayres Olimpiadasi g'olibi Abdumalik Xalokov bilan bir marta - 2022 yildagi "Stranja" turniri vaqtida to'qnash kelgan. O'shanda Abdumalik raqibini mag'lub etishni uddasidan chiqa olgandi. Ibanes Olimpiadaga Evropa o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritgan holda licenziya qo'lga kiritgan. SHuningdek u 2022 yilgi Evropa chempionatida bronza, 2024 yili esa kumush medal qo'lga kiritganligini qo'shimcha qilib o'tishimiz mumkin. 


Jamal Xervi. AQSH vakili. 2021 yilgi jahon chempioni. 21 yoshli Xervi Parij Olimpiadasiga Panamerika o'yinlarida oltin medal qo'lga kiritish orqali yo'llanma qo'lga kiritgan. AQSH vakillari so'nggi paytlarda IBA tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etishmadi. Biroq Xervini favoritlar qatoridan chiqarib bo'lmaydi. Xavfli raqib.


Mahmud Sabirxan - Qozog'iston. O'z harakatlari sabab ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga taqqoslanadigan Sabirxan o'tgan yili Toshkent mezbonlik qilgan jahon chempionatida -54 kg vaznda oltin medalni qo'lga kiritgandi. U shuningdek Belraddagi JCHda ham finalgacha etib borib, kumush medalga ega chiqqandi. Bu safar u -57 kg vaznda Parij Olimpiadasida qatnashadi. U Italiyadagi Jahon licenzion turnirida Olimpiada chiptasini yutib olgan.

Mazkur vazn toifasida shuningdek Osiyo o'yinlari finalchisi, yaponiyalik SHudai Xarada, kubalik Saidel Xorta, Tokio Olimpiadasida SHahobiddin Zoirovni mag'lubiyatga uchratib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritgan Karlo Palam bor. 

Ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Abdumalik Xalokovda Olimpiada chempioni bo'lish uchun imkoniyatlar katta. Yoshlar o'rtasida Osiyo, jahon va Olimpiada chempioni hisoblangan Abdumalikda bu ishni kattalar o'rtasida ham amalga oshirish uchun juda oz vaqt qoldi. Bungacha Xalokov kattalar o'rtasida Osiyo va jahon chempionatlarida g'olib bo'lib ulgurgan. Navbat - Olimpiada oltiniga! Bu yo'lda bokschimizga albatta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Parij Olimpiadasi finalidan keyin ham Abdumalikdan mana shunday salto kutib qolamiz 


-57 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida qatnashadigan bokschilar ro'yxati: 

Xaver Ibanez Diaz (Bolgariya)

Nebil Ibrahim (SHveciya)

Vasile Usturoi (Belgiya)

Xose Kuiles (Ispaniya)

Dolapo Omole (Nigeriya)

Abdumalik Xalokov (O'zbekiston)

SHudai Xarada (Yaponiya)

Jamal Xervi (AQSH)

Saidel Xorta (Kuba)

CHarli Senior (Avstraliya)

Mahmud Sabirxan (Qozog'iston)

Yilmar Gonsales (Kolumbiya)

Jud Gallager (Irlandiya)

Luis Oliveyra (Braziliya)

Aider Abduraimov (Ukraina)

Karlo Palam (Filippin)

Munarbek Seiitbek Uulu (Qirg'iziston)

Universal kvota uchun bokschi (tashkiliy qo'mita katta ehtimol bilan ushbu kvotaga mezbon bokschi yoki neytral sportchilardan birini qo'yadi).


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing