21 apr 09:44
Yangiliklar
Tennis
Medvedev 5:1 hisobidagi g'alabasini mag'lubiyatga aylantirdi
Monte-Karlo shahri mezbonlik qilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli tennis turnirida finalchilar aniqlandi.
Sayyoramizning 14-raketkasi Daniil Medvedev g'ayritabiiy holatda serbiyalik Dushan Layovichga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik tennischi 5:1 hisobida oldinda borayotgan setini yutqazdi - 5:7. Reytingning 48-pog'onasidan joy olgan Dushan ikkinsi setda raqibiga imkoniyat qoldirmadi - 6:1.
Ketma-ket 10ta geymni yutib olgan Layovich Rolex Monte-Carlo Masters turnirining finaliga yo'l oldi. Bugun u bosh sovrin uchun uchrashuvda grunt qiroli Rafael Nadalni mag'lub etgan italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar