15 may 14:40
Yangiliklar
Tennis
Medvedev ilk davrada Kirgiosga yutqazib qo'ydi
Dunyoning 14-raketkasi Daniil Medvedev Rim “Masters” turniridagi ishtirokini to'xtatdi.
Rossiyalik tennischi birinchi davra uchrashuvida ATP reytingining 36-pog'onasidan joy olib turgan avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev raqibiga 3/6, 6/3, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu vaqt davomida 23 yoshli Daniil 12, 24 yoshli Kirgios esa 15 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk rasmiy uchrashuvi edi. Endi Nik Internazionali BNL d'Italia turnirining ikkinchi bosqichida norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar