14 mar 13:38
Yangiliklar
Tennis
Medvedev Marselda birinchi finalchi
Dunyoning uchinchi raketkasi Daniil Medvedev Franciyaning Marsel shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirining finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi 58 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida avstraliyalik Mettyu Ebdenni taslim etdi. Yashil qita vakili hisob 6/4, 3/0 ko'rinishida Medvedev foydasiga hal bo'lib turgan bir pallada kurashni davom ettira olmasligini malum qildi.
Yarim finalda 25 yoshli Medvedev 6 ta, 33 yashar Ebden esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk rasmiy uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar