28 iyu 13:17
Yangiliklar
Tennis
Medvedev Olimpiada 1/4 finalida
Tokio-2020 Olimpiadasi doirasidagi tennis musobaqasi ham qizg'in kurashlar ostida davom etmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev yakkalik musobaqasining nimchorak finalida ATP reytingining 31-pog'onasidan joy olib turgan italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev raqibini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 3/6, 6/2. O'zaro uchrashuvlarda 25 yoshli Daniil oradagi farqni oshirdi - 4:1. Endi u chorak finalda ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar