14 fev 08:38
Yangiliklar
Tennis

Medvedev Rotterdamdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Dunyoning 16-raketkasi Daniil Medvedev Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirning ilk davrasida g'alabaga erishdi.
Rossiyalik tennischi ABN AMRO World Tennis Tournament musobaqasining birinchi davrasida reytingning 35-pog'onasidan joy olib turgan franciyalik Jeremi SHardidan ustun keldi.
Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Daniil raqibini 7/6(2), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi Medvedev ikkinchi bosqichda ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar