11 fev 07:36
Yangiliklar
Tennis

Medvedev - Sofia Open turniri g'olibi!
Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha nufuzli turnir yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Daniil Medvedev va vengriyalik Marton Fuchovich o'zaro to'qnash kelishdi. Dunyoning 16-raketkasi bo'lib turgan Medvedev Sofiya turnirining so'nggi bahsida qiyinchilikka duch kelmadi.
Bir soatu 21 daqiqa davom etgan uchrashuvda Daniil reytingning 47-pog'onasidan joy olib turgan Fuchovichdan 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi. Bu rossiyalik tennischi uchun faoliyatidagi to'rtinchi ATP turniridagi sovrin bo'ldi. Sofia Open musobaqasidagi ishtirok Medvedevga 90 390 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar