09 mar 11:44
Yangiliklar
Tennis
Medvedev 50 mln dollardan ortiq mukofot puli ishlab olgan tarixdagi sakkizinchi tennischi!
Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev Indian-Uellsdagi "Masters" turnirining ikkinchi davrasida Alexandro Tabiloni 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Bu bilan rossiyalik tennischi 50 million dollarlik marra chizig'ini ortda qoldirdi. Uchinchi raundga chiqish uchun 61 865 dollar hisobga olinsa, Daniilning umumiy daromadi 50 million 522 dollarga etdi.
Ushbu natija tarixdagi sakkizinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Medvedevdan faqat Novak Jokovich, Rafael Nadal, Rojer Federer, Endi Marrey, Karlos Alkaras, Aleksandr Zverev va Yannik Sinner oldinda bormoqda.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar