15 mar 10:30
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. Karlos Alkaraz Daniil Medvedevga yutqazib qo'ydi
Dunyoning 11-raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev Indian-Uellsdagi turnirning yarim finalida dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda Medvedev 6:3, 7:6 hisoblarida g'alabaga erishdi va kutilmaganda finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Alkaraz 2026 yilda ilk bor mag'lub bo'ldi. Medvedev esa 2023 yildan beri ilk bor Alkarazni mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Indian-Uellsdagi "Masters" finalida Medvedev italiyalik Yannik Sinnerga qarshi o'yin o'tkazadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar