13 iyu 08:43
Yangiliklar
Tennis
Medvedev to'rtinchi uchrashuvda ham Puyega yutqazdi
Germaniyaning SHtutgart shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mercedes Cup turniri davom etmoqda.
Dunyoning 13-raketkasi Daniil Medvedev ikkinchi davra uchrashuvida o'zi uchun noqulay bo'lgan raqibi Lyuka Puyega yutqazib qo'ydi. Reytingning 26-pog'onasidan joy olgan franciyalik tennischi 7/6(6), 4/6, 6/2 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki soatu 1 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik tennischi 19ta eys zarbasini amalga oshirgan bo'lsa-da, lekin bu g'alaba uchun kamlik qildi. Lyuka o'zaro uchrashuvlarda 4:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Endi francuz chorak finalda germaniyalik Yan-Lennard SHtruffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar