16 fev 07:48
Yangiliklar
Tennis

Medvedevning Rotterdamdagi yurishi davom etmoqda
Dunyoning 16-raketkasi bo'lib turgan Daniil Medvedev Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli odimlayapti.
Rossiyalik tennischi ABN AMRO World Tennis Tournament musobaqasining chorak finalida franciyalik Jo-Vilfrida Congadan ustun keldi. Conga dunyo reytingida 140-pog'onadan joy olgan.
Bir soatu 33 daqiqa cho'zilgan bahs Medvedevning 6/4, 6/2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Endi Daniil final chiptasi uchun yana bir francuz raketka ustasi Gael Monfisga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar