18 jan 09:20
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Meksika Olimpiada-2036 mezbonligi uchun arizani qaytarib oldi
Meksika 2036 yilgi Olimpiya o'yinlari mezbonligi uchun davogarlik qilmaydi.
Mamlakat Olimpiya qo'mitasi prezidenti Mariya Xose Alkalaning aytishicha, Meksika yoshlar Olimpiadasi mezbonligi uchun harakat qiladi.
"Biz Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan muzokaralar olib bordik va raqobat juda jiddiy ekanligini ko'rdik.
Biz yoshlar Olimpiadasi uchun ariza berish variantini ko'rmoqdamiz. U erda bizda imkoniyat bo'ladi. Musobaqa Olimpiada-2036 oldidan o'tkaziladi", - dedi Alkala.
Ayni paytda kattalar o'rtasidagi 2036 yilgi Olimpiada uchun Polsha, Turkiya, Hindiston va Indoneziya davogarlik qilmoqda.
Havola :
Manba : Inside the Games
Fikrlar