21 jan 13:27
Yangiliklar
Tennis
Melburn. Denis SHapovalov uchinchi davrada g'alaba qozondi
Avstraliya kortlarida mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri davom etmoqda.
Jahonning 14-raketkasi, kanadalik tennischi Denis SHapovalov Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davrasida ATR reytingida 29-o'rinni egallab turgan amerikalik Reyli Opelkani 7/6, 4/ 6, 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 3 soatu 5 daqiqa davom etdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi, 1:1.
Australian Open'ning to'rtinchi davrasida SHapovalov germaniyalik Aleksandr Zverev yoki moldovalik Radu Albotga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar