27 jan 19:32
Yangiliklar
Tennis
Melburn. Rublyov mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi
Melburn shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a“ turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Rossiyaning ikkinchi raqamli tennischisi Andrey Rublev musobaqaning to'rtinchi davrasida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Bir soat 37 daqiqa davom etgan bahsda Rublev raqibiga 4:6, 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Zverev chorak finalda Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar