01 avg 16:10
Yangiliklar
Futbol

Menez “Milan”ni tark etdi va endi Franciya chempionatida o'ynaydi
Italiyaning “Milan” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Menez “rossonerlar” safini tark etdi.
Yangi mavsumda futbolchi Franciyaning “Bordo” klubi sharafini himoya qiladi. “Bordo” klubi rasmiy saytida “Milan” jamoasi bilan kelishuv amalga oshgani haqida xabar ham berildi.
SHu kunlarda 29 yoshli Menez tibbiy ko'rikdan o'tadi va “Bordo”ning yangi futbolchisi sifatida keng ommaga tanishtiriladi. Ikki yil avval “Milan” safiga borib qo'shilgan Menez o'tgan mavsumda A seriyada 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Fikrlar