06 apr 16:47
Yangiliklar
Tennis
"Meni yangi "CR7" deb atashingiz mumkin"
Norvegiyalik tennischi Kasper Ruud jahonning ettinchi raketkasi bo'lganiga o'zining hazilomuz munosabatini bildirdi.
"Balki, Ronalduga qo'ng'iroq qilib, uning tahallusi xavf ostida ekanligini aytishim kerakdir. U bilan muzokara olib borish kerak yoki yo'qligini bilmadim.
To'g'risini aytsam, men futbolga u qadar qiziqmayman. Ammo, sevimli jamoam "Liverpul". To'qqiz yoshimda Liverpuldagi o'smirlar turniriga borgandim. O'shanda ilk marta chimli kortlardagi musobaqada qatnashganman. Keyin esa stadionga borib, Fernando Torres nomi yozilgan futbolkani sotib olganman, hali u o'shanda futbol o'ynardi", - dedi Ruud.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar