14 iyu 09:33
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/71608_220.jpg)
Mercedes Cup. Xachanov bu safar ham Berrettiniga yutqazdi
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan 23 yoshli Xachanov reytingning 30-pog'onasidan joy olgan italiyalik Matteo Berrettiniga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Matteo 6/4, 6/2 hisobida g'alaba qozondi.
Italiyalik raketka ustasi ketma-ket ikkinchi marotaba ham Karendan ustun ekanligini amalda isbotladi. Endi Berrettini Mercedes Cup turnirining chorak finalida amerikalik Denis Kudlaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar