15 iyu 12:46
Yangiliklar

Mersedes Cup. Birozdan so'ng Istomin - Puil uchrashuvi boshlanadi
Maysali kortlardagi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi dastlabki ikki bosqichda reytingda o'zidan yuqorida turgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratib chorak finalga yo'l olgandi.
Birozdan so'ng Istomin yarim final chiptasi uchun turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Lukas Puilga qarshi kortga chiqadi. Bu bahsning Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanishi belgilangan.
Dunyo reytingida 17-o'rinni egallab turgan Puil ikkinchi bosqichda ATP reytingida 303-pog'onadan joy olgan germaniyalik Rudolf Mollekerni 6:3, 6:4 hisobida engdi. Denis va Lukas shu kungacha hali kortda o'zaro to'qnash kelishmagan.
Fikrlar