13 iyu 11:19
Yangiliklar
![](/upload/storage/40308_220.jpg)
Mersedes Cup. Bugun Istomin yana bir olmon tennischisiga qarshi kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz kecha birinchi davra uchrashuvida mezbon tennischi, turnirda 5-raqam ostida saralangan Filipp Kolshrayberni 7:6(2), 7:6(3) hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Istomin ikkinchi bosqichda yana bir germaniyalik tennischi Florian Mayerga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Ikki tennischi shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelgan va ularning barchasida Denis g'alaba qozongan.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida roppa-rosa 100, Filipp Kolshrayber 22, bugungi raqib Mayer esa 85-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar