16 iyu 10:44
Yangiliklar
Tennis

Mersedes Cup. Federer yarim finalda, navbatdagi raqib Kirgios!
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli “Mersedes Cup” turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqaning birinchi raketkasi Rojer Federer yarim final ishtirokchisiga aylandi. SHveycariyalik tennischi 65 daqiqa davom etgan chorak final bahsida argentinalik Gvido Pelyani 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.
Yigirma sakkiz yoshli Pelya ATP reytingida 75-o'rinni egallab turibdi. Endi Federer yarim final uchrashuvida Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqadi. Avstraliyalik tennischi chorak finalda ispaniyalik Felisiano Lopesdan 6:4, 3:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar