11 iyu 12:26
Yangiliklar
Mersedes Cup. Istomin - Kolshrayber uchrashuvi ertaga o'tkaziladi
Maysali kortlardagi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Reytingda tobora pastlab borayotgan mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada kuchli raqibga qarshi kortga chiqadi.
Istomin birinchi bosqichda mezbonlar vakili, musobaqaning beshinchi saralangan tennischisi Filipp Kolshrayber bilan munosabatlariga oydindik kiritib oladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin bugun elon qilingan reytingda roppa-rosa 100-o'rinni egallab turibdi. Kolshrayber esa 22-pog'onadan joy olgan. Tennischilar shu kungacha o'zaro 5 marotaba uchrashishgan. Ana shu bahslarning 3tasida Denis, qolgan 2tasida Filipp g'alaba qozongan.
Fikrlar