06 may 13:28
Yangiliklar
Tennis

Mertens qatorasiga ikkinchi sovriniga ega chiqdi, bu safar u Rabatda tengsiz!
Belgiyalik tennischi Elise Mertens Marokashning Rabat shahrida yakunlangan turnir g'olibasiga aylandi.
International toifasiga kiruvchi ushbu turnirda birinchi raqam ostida harakat qilgan Elise hal qiluvchi final uchrashuvida xorvatiyalik Ayla Tomlyanovichni 6:2, 7:6 (7:4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Final bahsi 1 soatu 45 daqiqa davom etdi. Bu Mertens uchun faoliyatidagi to'rtinchi, joriy mavsumdagi uchinchi titul bo'ldi. Elise Rabatdan oldin Xobart va Luganodagi turnirlarda ham bosh mukofot sohibasiga aylangan edi.
Rabatdagi muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 19-raketkasiga 43 000 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar