29 okt 17:25
Yangiliklar
Futbol
"Messi – 14 yil davomida hamma narsa uning atrofida qurilgan odam"
Mish-mishlarga ko'ra, Lionel Messi bilan aloqasi yaxshi bo'lmagan "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten argentinalik haqida fikr bildirdi.
Seten "Barselona"da bir necha oy ishlagan. U "Bavariya"ga 2:8 hisobida engilgandan so'eng istefoga chiqarilgan edi.
- Messi? Eski voqealarni qo'zg'ashdan foyda yo'q. Messi – 14 yil davomida hamma narsa uning atrofida qurilgan odam va men u haqida shunday eslayman. Hafsalam pir bo'ldimi yoki aksincha, quvondimmi, ayta olmayman. Menga yoqqan narsalar ham, yoqmaganlari ham bo'lgan. Ammo bir kishi bir o'yinda uchta gol ursa, unga nima deysiz? Jamoada har doim "alohida o'yinchilar" bo'ladi", – dedi "Vilyarreal" yangi ustozi.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar