07 okt 13:41
Yangiliklar
Futbol
Messi Argentinaning JCHni yutish imkoniyatlarini qanday baholaydi?
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi uning jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi Jahon chempionati favoriti emasligini aytdi.
"Men Jahon chempionati boshlanishini intizorlik bilan kutyapman. Tezroq boshlanishini istagan bo'lardim. Oldinda bizni qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Jahon chempionatida har doim ham favoritlar g'alaba qozonavermaydi. Argentina terma jamoasini musobaqa favoriti deb atash mumkinmi, bilmayman. Tarixan qarasak, shunday, ammo g'alaba qozonish imkoniyati balandroq jamoalar bor", – dedi Messi.
Argentina terma jamoasi mundialda Polsha, Meksika va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Havola :
Manba : Star+
Fikrlar