15 avg 08:26
Yangiliklar
Futbol
Messi "Oltin to'p" sovriniga kim loyiq ekanligini aytdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi "Oltin to'p" sovriniga loyiq futbolchini aytdi.
Etti karra "Oltin to'p" sohibining aytishicha, joriy mavsum ushbu sovringa "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema loyiq.
"Menimcha, joriy mavsum Benzemaning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga shubham yo'q. U ajoyib mavsumni o'tkazdi hamda jamoada asosiy vazifani bajardi", dedi argentinalik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Benzema o'tgan mavsum CHempionlar ligasini qo'lga kiritishdan tashqari La Liga chempioni va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Francuz barcha musobaqalarda 46 o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar