03 okt 15:22
Yangiliklar
Futbol
Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi emas
Argentinalik hozircha na parijliklardan va na boshqa klublardan taklif olgan.
Lionel Messi Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishga qarshi emas. Leo o'tgan mavsum bilan solishtirganda ancha baxtliroq, deb xabar berdi Adrien Grene.
Futbolchiga yaqin kishilarning aytishicha, Messiga hozircha na PSJ, na boshqa klublardan takliflar kelib tushgan. 35 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Messi joriy mavsum Liga 1 da 9 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar