07 iyu 11:05
Yangiliklar
Futbol

Messi taqdirlash marosimida ishtirok etmadi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogining bronza medal sohiblarini taqdirlash marosimida ishtirok etmadi.
Kopa Amerikada 3-o'rin uchun kechgan bahsda Argentina terma jamoasi CHilini 2:1 hisobida taslim etdi.
Mazkur bahsning 37-daqiqasida Lionel Messi va chililiklar yarim himoyachisi Gari Medel o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Natijada uchrashuvni boshqargan bosh hakam Mario Alberto Dias de Vivar o'sha epizod “qahramonlari”ni tezlik bilan maydondan chetlatdi.
Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi yarim finalida Argentina Braziliyaga (0:2) imkoniyatni boy bergan bo'lsa, CHili Perudan (0:3) yirik mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar