25 iyu 13:05
Yangiliklar
Futbol

Messi terma jamoadagi o'yinlardan 2 oydan 6 oygacha chetlashtirilishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoadagi o'yinlar uchun diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin.
Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi 2 oydan 6 oygacha bo'lgan diskvalifikaciyani ko'rib chiqmoqda.
Messi Argentinaning yil oxiriga qadar bo'ladigan o'yinlarida ishtirok etolmasligi mumkin.
Taqiq forvardning Kopa Amerika o'tkazilganini qattiq tanqid qilgani bilan bog'liq. Messi taqdirlash marosimiga etibor bermaganidan tashqari, hakamlar va korrupciya haqida ko'plab gaplarni aytgan edi.
Argentina terma jamoasi yil oxiriga qadar o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.
Futbolchi oldinroq 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar