21 okt 08:18
Yangiliklar
Futbol

"Metallurg" bosh murabbiyi Jasur Abduraimov istefoga chiqdi
Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” jamoasi mamlakat milliy chempionati – Superliganing so'nggi ikki turini bosh murabbiysiz o'tkazgandi.
Kecha “Metallurg” PFKda yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimov salomatligi bois faoliyatini davom ettira olmasligini bildirib ariza berganligini malum qildi.
Ikki tomonlama kelishuvga muvofiq shartnoma bekor qilinganligi bayon etildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar