06 fev 10:25
Yangiliklar
Futbol

“Metallurg” Turkiyadagi yig'inini boshladi
Bekobodning “Metallurg” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Klub azolari Toshkentning “Paxtakor”, Farg'onaning “Neftchi” jamoalari bilan birgalikda charter reys orqali ko'zlangan manzilga o'z vaqtida etib borishdi. Bekobodliklar Belek shahridagi “Atlantis” mehmonxonasiga joylashishdi va kecha kunning ikkinchi yarmida engil mashg'ulotlar bilan cheklanishdi.
Bugundan ikki mahaldan mashg'ulotlarga kirishiladi. Xorij yig'ini ikki haftaga rejalashtirilgan bo'lib, bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham kutilayapti. Dastlabki o'yin Qozog'istonning “Akjayik” jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar