21 apr 15:06
Yangiliklar
Tennis
Mezbon tennischini mag'lub etgan Sloan Stivens finalga chiqdi
Franciyaning Ruan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Yarim final uchrashuvida dunyoning 23-raketkasi bo'lib turgan franciyalik Karolin Garsiya WTA reytingida 39-pog'onadan joy olgan amerikalik Sloan Stivensga 3/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tennischilarning o'zaro to'qqizinchi uchrashuviga kelib hisob 5:4, Garsiya foydasiga!
Bugun Stivens Franciya turniri bosh sovrini uchun Magda Linettga qarshi kortga chiqadi. Polshalik tennischi 1/2 finalda ukrainalik Angelina Kalininani mag'lubiyaga uchratdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar