31 mar 16:41
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Cayyoramizning birinchi raketkasi Sobolenkoni engdi
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti turnirning chorak finalida reytingning 8-pog'onasidan joy olib turgan belaruslik Arina Sobolenkoni 6/4, 6/7(5), 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda avstraliyalik 24 yoshli Barti 6 ta, 22 yashar Sobolenko esa 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 3:3. Endi Eshli Miami Open yarim finalida latviyalik Anastasiya Sevastovadan ustun kelgan ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar