28 mar 08:01
Yangiliklar
Tennis

Miami Open. Kerber ishtirokini to'xtatdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning o'ninchi raketkasi hisoblangan Anjelik Kerber chorak final uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Germaniyalik tennis malikasi WTA reytingida 12-pog'onadan joy olgan amerikalik Sloan Stivensga imkoniyatni boy berdi.
Bir soatu 1 daqiqa davom etgan bahsda Sloan kuchli raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi. Endi Stivens yarim finalda belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar