31 mar 10:53
Yangiliklar
Tennis
Miami. Paula Badosa - Jessika Pegula bahsi beshta geym davom etdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan nufuzli WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning oltinchi raqamli tennis malikasi Paula Badosa chorak final uchrashuvini yakuniga etkaza olmadi. Uning WTA reytingida 21-o'rinni egallab turgan Jessika Pegulaga qarshi o'tkazgan bahsi beshinchi geymdan so'ng to'xtatildi.
Raqibasiga 1/4 hisobida imkoniyatni boy berayotgan Badosa uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi. Tennischilar kortda bor yo'g'i 20 daqiqa harakat qilishgan. Jessika osonlik bilan yarim finalchiga aylandi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar