04 iyu 08:25
Yangiliklar
Futbol
"Milan" 40 yoshli Ibragimovich bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Milan" klubi hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
SHveciyalik hujumchi iyul oyi boshlanishi bilan erkin agentga aylandi, ammo Sky Sport Italia xabariga ko'ra, "rossonerilar" yaqin kunlarda u bilan uchrashib, yangi shartnoma imzolashni muhokama qilishmoqchi.
Klub Ibragimovichni qo'yib yubormoqchi emas, chunki u bazi o'yinchilarga sezilarli tasir ko'rsatdi va jamoa uchun Skudettoni qo'lga kiritishda muhim rol o'ynadi. Zlatanning o'zi ham operaciyadan keyin uzoq vaqt tiklanishiga qaramay, faoliyatini davom ettirish niyatida. Biroq uning maydonga qaytishiga olti oydan ko'proq vaqt ketadi.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli hujumchi o'tgan mavsum A Seriyada 8 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar