29 jan 14:53
Yangiliklar
Futbol

"Milan" CHalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
"Milan" rahbariyati turkiyalik xavbek Xakan CHalxanoglu bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha muzokaralar o'tkazishdi.
Tomonlar 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Klub hozirda 26 yoshli futbolchining bitimidagi moliyaviy shartlarni muhokama qilmoqda. "Rossonerilar" CHalxanogluga yiliga 4 million evro miqdorida maosh taklif qilishmoqda, ammo Xakan 5 million xohlamoqda. Tomonlarning tez orada kelishib olishlari kutilmoqda.
Turkiyalik xavbek joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar